Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2025-2026 yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi
10:28 / 2025-07-11

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2025-2026 yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida ustuvor loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

a) 2025-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati; 

b) 2025-2026 yillarda vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladigan sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi. 

Mazkur qarorda belgilangan ustuvor loyihalar Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Raqamli texnologiyalar vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi. Loyihalarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqilgan axborot tizimlari va dasturiy ta’minotlar  manfaatdor vazirlik va idoralarning mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Qarorda belgilangan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi hamda ularning ishtirokidagi tashkilotlar o‘rtasida tanlov o‘tkazishga ruxsat beriladi. 

Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun 2026 yil 1 iyunga qadar sun’iy intellekt texnologiyalarini amalga oshirish bo‘yicha parallel hisoblash, mashinaviy o‘qitish va boshqa loyihalar uchun zarur bo‘lgan grafik ishlov berish bloklarini (GPU) o‘z ichiga olgan yuqori samarali hisoblash klasteri hamda katta ma’lumotlar bazasi server qurilmalari xarid qilinadi. 

Ma’lumot uchun. Oldinroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 14 oktyabrdagi PQ 358-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi tuzilmasidagi “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi negizida “Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi” davlat muassasasi tashkil etilgan edi.

O‘zA