2025/2026-o‘quv yili uchun stipendiya tanlovlari e’lon qilindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomli davlat stipendiyalarining respublika bosqichi tanlovlari joriy yilning 22–29 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi.
Prezident davlat stipendiyasi uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha talabgor nomzodlar “O‘zbekiston tarixi”, “Axborot texnologiyalari” va “Xorijiy tillar” fanlaridan test sinovlarida ishtirok etadi.
Test sinovlari joriy yil 27 yanvar kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi binosida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2025/2026-o‘quv yili uchun Prezident va nomli davlat stipendiyalari tanlovini o‘tkazish rejasiga ko‘ra, nomli davlat stipendiyalariga hujjat topshirgan talabgorlarning ilmiy ishlari va erishgan yutuqlari ekspertlar tomonidan baholanadi.
Muhayyo Toshqorayeva,
O‘zA