Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Primore o‘lkasi markazida o‘tayotgan VII "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlari jarayonida unda qatnashayotgan davlat va jamoa rahbarlari, mutaxassislarining uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Abdulla Aslanov va Sportni rivojlantirish vazirligi boshqarma boshlig‘i Akrom Nizomiddinov qatnashdi.
Tadbirda 2024 yili o‘tadigan navbatdagi Osiyo bolalari» o‘yinlarining yangi markazi e’lon qilindi.
Suhbat davomida yig‘ilish ishtirokchilariga "Osiyo bolalari" II qishki xalqaro sport o‘yinlarining taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotda keltirilishicha, qishki o‘yinlar 2023 yil 23 fevralda boshlanishi rejalashtirilgan. Musobaqalar Rossiya Federatsiyasi Kuzbass hududining 4 shahrida bo‘lib o‘tadi.
"Osiyo bolalari" II qishki xalqaro sport o‘yinlari direksiyasining rahbari Aleksey Puzyninning so‘zlariga ko‘ra, Kuzbass "Osiyo bolalari" o‘yinlari qatnashchilari uchun "yangi oyna" bo‘ladi. Mintaqa Osiyo xalqlari madaniyatining barcha ulug‘vorligini o‘zida namoyish qilgan “ochilmagan mintaqadir”.
Uchrashuv yakunida VIII "Osiyo bolalari" xalqaro sport o‘yinlari 2024 yil yozida Yakutiyada bo‘lib o‘tishi e’lon qilindi va uning yangilangan loyihasi namoyish qilindi.
T. Ro‘ziyev, O‘zA