Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yildan Rossiya aholisi sonining tabiiy o‘sishi kutilmoqda
14:09 / 2019-10-08

Rossiya aholisining tabiiy kamayishi 2023 yilgacha davom etadi. Bu haqda Davlat Dumasiga federal budjet loyihasi bilan birga taqdim qilingan Rossiyaning 2020–2022 yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot prognozlarida ta’kidlanadi, deya xabar bermoqda “TASS“.

Hujjatga ko‘ra, 2023 yilga qadar mamlakat aholisi soni faqat migrantlar soni hisobidan oshadi. Aholining tabiiy o‘sishiga 2024 yildan keyingina umid qilsa bo‘ladi. Rossiya aholisining soni 2024 yilga borib 149 million kishiga yetishi kutilmoqda.

Bundan avval “Rosstat“ davlat statistika federal xizmati Rossiya aholisining tabiiy kamayishini qayd qilgan edi. 2019 yilning birinchi yarmida Rossiyada o‘lganlar soni tug‘ilganlar sonidan 199 ming kishiga oshib ketgan. Migratsiya oqimi tabiiy yo‘qotishlar o‘rnini qoplay olmadi. Shu bilan birga tug‘ilish hisobiga aholining tabiiy ko‘payishini ta’minlash imkoniyatlari cheklangan, chunki Rossiyada reproduktiv yoshdagi ayollar soni qisqarib bormoqda. 2019 yil boshlarida ularning soni 35 million kishidan oshmadi. 

O‘tgan yilning dekabr oyi holatiga asoslanib “Rosstat“ bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiyada so‘nggi 10 yil ichida aholi soni sezilarli darajada kamaygan.