Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yilda O‘zbekistonda 2,9 million tonna go‘sht yetishtirilgan
15:05 / 2025-02-18

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat) larining umumiy hajmi 467 trillion so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 foizga ko‘p. 2024 yilda barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar hajmi go‘sht (tirik vaznda) – 2,9 million tonnani tashkil etadi. 12,4 million tonna sut, 8,8 milliard dona tuxum, 12 million tonna sabzavotlar yetishtirilgan.

Qashqadaryo, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatlari hududlar kesimida yetishtirilgan go‘sht hajmi bo‘yicha yetakchi.  

Sh.Mamaturopova,

O‘zA