Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yil uchun eng xavfsiz aviakompaniyalar ro‘yxati e’lon qilindi
12:11 / 2024-01-08

Aviakompaniyalar xavfsizligini baholovchi dunyoning mashhur saytlardan biri AirlineRatings.com o‘zi kuzatayotgan 385 ta aviakompaniya ichida 2024 yilda eng xavfsiz 25 ta aviakompaniya reytingini taqdim etdi.

Bu yilgi ro‘yxatda fuqarolar xavfsiz parvozni amalga oshirishi uchun Yangi Zelandiya, Avstraliya, Qatar, Singapur, Buyuk Britaniya, Turkiya, Yaponiya, Amerika, Fransiya, Kanada kabi aviatsiyasi rivojlangan davlatlarning havo yo‘llari nomlari keltirilgan.  

Nashr bosh muharriri Jeffri Tomasning ma’lum qilishicha, mazkur aviakompaniyalar parvozlar xavfsizligi, shuningdek, innovatsiyalar va yangi samolyotlarni ishga tushirish bo‘yicha tengsiz hisoblanadi.  

Eslatib o‘tamiz, aviakompaniyalar xavfsizligi reytingini tuzishda muharrirlar so‘nggi besh yildagi aviahalokatlar, so‘nggi ikki yildagi hodisalar, yetakchi aviatsiya organlari, assotsiatsiyalar va hukumat  tekshiruvlari, flot yoshi va yozgi tayyorgarliklarni tahlil qilib boradi.

 

B.Xudoyberdiyev, O‘zA