Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yil Qozog‘istonda “Youtube premium” ishga tushiriladi
20:47 / 2023-12-12

Qozog‘iston raqamli rivojlanish, innovatsiya va aerokosmik sanoat vaziri Bag‘dot Musin mamlakatda hanuz “Youtube premium” ishga tushirilmagani sababini ma’lum qildi. “Kazinform” xabar berishicha, kelayotgan yil ushbu davlatda video platformaning mazkur pulli shakli ishga tushadi.

– “Youtube” tarmog‘i “Google” kompaniyasiga tegishli, – dedi Musin. – Bu jamoalar geosiyosiy yoki boshqa masalalar emas, balki sof iqtisodiy manfaat nuqtai nazaridan qaror qabul qiladi.

Yaqinda vazirlik “Google” vakili bilan muzokara olib borgani ham ochiqlagan. Muloqot chog‘ida joriy yil oxirigacha bo‘lmasa ham, kelasi yil ushbu tizim aniq ishlaydi.

Video platforma to‘plamining bir qismini tashkil qiladigan “Youtube premium” foydalanuvchilarga qo‘ng‘iroq qilish, video va musiqa yuklash hamda internetga ulanish, reklamani o‘tkazib yuborish imkonini beradi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA