Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yil mahalliy byudjeti tasdiqlandi
18:51 / 2023-12-27

Jizzax viloyatining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining sessiyasida mahalliy Kengash deputatlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari va mutasaddi rahbarlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi, viloyat hokimi Ergash Saliyev olib bordi. 

Sessiya ishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zolari A.Shodmonov, Z.Jalolov, iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari O.Fozilkarimov, Soliq qo‘mitasi departament rahbari Z.Qurbanov qatnashdi. 

Sessiya kun tartibidan asosiy o‘rin egallagan Jizzax viloyatining 2024 yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash to‘g‘risida Jizzax viloyati Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i Akbar Rahmatullayev so‘zga chiqib, byudjet loyihasi haqida ma’lumot berdi. 

Jizzax viloyatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlar ijrosi yuzasidan Xalq deputatlari viloyat Kengashi Sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Shuhrat Umarov hamda Jizzax viloyat hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Hamid Hasanov so‘zga chiqdi. 

[gallery-15244]

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi Adham Shodmonovning Jizzax viloyatida Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish yuzasidan axboroti tinglandi. 

Shundan so‘ng, Jizzax viloyatida yuridik va jismoniy shaxslarning egaligida bo‘lgan qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha bazaviy soliq stavka miqdorlarini tasdiqlash to‘g‘risida Jizzax viloyati Soliq boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latovning ma’lumoti eshitildi. 

Sessiyada bir guruh faol deputatlarga, “Yil ayoli” tanlovi g‘olibi, Jizzax shahridagi 26-sonli umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Ro‘zigul Orziqulovaga viloyat hokimining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. 
Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari