English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2024 yil 1 yanvardan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sug‘urtalashda sug‘urta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish tartibi joriy etiladi
09:38 / 2023-09-12

Bu haqda Prezidentimizning 2023 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorida ma’lum qilindi.

Shuningdek, “Izlanish va rivojlanish” (R&D) markazlari uchun ular tashkil etilgan kundan boshlab 3 yil muddatga mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha hisoblangan summa miqdorining 1 foizini to‘lash, ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash tartibi joriy etiladi.

Davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

 

O‘zA