English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2023 yilga qadar poytaxtda yashil hududlar ko‘lamini 30 foizgacha kengaytirish rejalashtirilgan
15:31 / 2022-07-04

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 66-sessiyasi tashkil etildi.

Yig‘ilishda Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Umarov 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Obod mahalla” dasturi doirasida joriy yilda poytaxtdagi 12 tumanning 22 mahallasidagi 96 ob’ektdan 78 tasida belgilangan ishlar boshlanganini qayd etdi. Shundan 14 ta hududda ishlar o‘z yakuniga yetkazilgan. Ayni paytda jami ta’mirlangan maydon 63 ming 792 kvadrat metrni tashkil qiladi. 

Shuningdek, Toshkent viloyatidan poytaxtga o‘tkazilgan aholi punktlarini 2021-2024 yillarda kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari bo‘yicha 346 ta ob’ektlarda loyiha-smeta ishlari tayyorlangan bo‘lib, bugungi kunda 70 ta ob’ekt loyihalari bo‘yicha ekspertiza xulosalarini olish jarayoni davom etmoqda. 

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, shahar va tuman ichki ko‘chalarida, xususan, avtomobil ko‘priklari, transport tunnellari, piyodalar yer osti o‘tish yo‘llari, piyodalar ko‘priklari, piyodalar yer usti o‘tish yo‘llarida ham joriy ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. 

Shaharda markaziy ko‘chalar va jamoat transporti to‘xtash bekatlariga qo‘shimcha chiqindi qutilarini o‘rnatish, kuzgi va bahorgi yog‘ingarchiliklar mavsumida suv toshqinlarining oldini olish hamda irrigatsiya tarmoqlarini tartibga keltirish maqsadida 5,77 milliard so‘m mablag‘ hisobiga maxsus texnika vositalarini xarid qilish ko‘zda tutilgan.  

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2021-2022 yillarda Toshkentning 524 ta mahallasida yashil hududlarni sug‘orish uchun 1500 ta quduqni burg‘ulash, 130 km. piyodalar va 117 km. velosiped yo‘laklarini qurish, 12 ta bog‘, 25 ta yashil hudud va saylgohlarni tashkil qilish, shuningdek, umumiy 140 gektar maydonga ega bo‘lgan attraksionlarsiz bog‘larni va har bir tumanda kichik yashil bog‘larni barpo qilish, 2023 yilga qadar poytaxtda yashil hududlar ko‘lamini 30 foizgacha kengaytirish rejalashtirilgan.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA