Koronavirus pandemiyasi dunyoda shiddat bilan tarqalgani iqtisodiyotga oʻz taʼsirini oʻtkazmay qolmadi. Shunday boʻlsada, yurtimizdagi banklar oʻz mijozlariga yengillik yaratish maqsadida kredit muddatlarini 1-oktyabrga qadar uzaytirdi.
Koronavirus
Ayni
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki joriy yilning sakkiz oyida tadbirkorlik subyektlariga ajratgan kreditlari qoldigʻi 40,7 trillion soʻmga (24,2 foiz) va aholiga ajratilgan kreditlar qoldigʻi 10 trillion soʻmga (25,3 foiz) oʻsganligini koʻrish mumkin.
Aholining talabi oshgan bilan banklar hammaga ham kredit ajratavermaydi, albatta. Misol uchun, uy-joy uchun uzoq muddatga kredit olgan shaxsning bu kabi xizmatdan yana foydalanish imkoniyati cheklanib qolmoqda. Roʻzgʻorga kerakli jihozlarni xarid qilishni istagan shaxs qaysi hollarda bankdan umid qilsa boʻladi? Koʻpchilik yurtdoshlarimiz uchun qiziq boʻlgan bu kabi savollarga Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo
- Jahon bank amaliyotida qarz yuki, yuklamasi, degan
- Odatda tayinli ish joyi boʻlmagan, kam taʼminlangan odamlarda kreditga ehtiyoj yuqori boʻladi. Nega, bizda kam taʼminlaganlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar tizimi rivojlanmagan?
- Yurtimizda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga eʼtibor qaratilmoqda. Kam taʼminlangan, iqtisodiy ahvoli ogʻirroq boʻlgan aholi qatlamiga kredit ajratish borasida davlat dasturi belgilangan. Unga koʻra, 50 million soʻmgacha mablagʻ hech qanday garovsiz, sektorlar tavsiyanomasi bilan beriladi.
Bu tizim 2018-yilda boshlagan boʻlib, hozirgacha 9,5 trillion soʻmlik kreditlar ajratilgan. Bu mablagʻdan
- Keyingi vaqtlarda issiqxona va chorvachilik yoʻnalishlarida kreditlarga talab oshmoqda. Biroq, mablagʻni naqd pul shaklida emas, qaysidir firmalarga oʻtkazish qator savollarni yuzaga chiqarmoqda. Misol uchun, bunday amaliyot tufayli 5 million soʻmlik qoramol narxi 10 millionga aylanib qolmoqda?
- Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish doirasida eng asosiy va koʻp kreditlar aynan shu ikki yoʻnalishda berilmoqda. Toʻgʻri, bu holatda isteʼmolchi sifatida siz haqsiz. Qoramolni arzon olishga ham haqlisiz. Lekin, jarayonga makroiqtisodiy nuqtayi nazardan ham qarashimiz shart. Koʻpchilik yaxshi eslaydi, 2016-yilda qoramolchilik, parrandachilik, limonchilikni rivojlantirish uchun aholiga koʻp miqdorda kreditlar berildi. Shunda, aynan qoramol xaridi uchun 2,7 trillion ajratilgan edi. Soʻngra goʻshtni va qoramolni narxi keskin oshib ketdi. Nima uchun, chunki, mavjud qoramollarning maʼlum egasi bor. Siz yangi qoramol egasi boʻlmoqchisiz, lekin
Naqd pul shaklida ham beriladigan kreditlar bor. Misol uchun, vodiy viloyatlarida kasanachilar, hunarmandlar koʻp. Doʻppidoʻzlar, kashtachilarga kreditni naqd pul shaklida beramiz. Yaʼni kartochkaga tushirib beriladi. Nonvoylarga kreditning
- Bizda ham kreditlar miqdori boshqa davlatlardagi kabi 5-10 foizga tushishi mumkin-mi? Bu borada qanday choralar koʻrilmoqda?
- Bizda ham yildan yilga pasayib bormoqda. Misol uchun, Markaziy bankning asosiy stavkasi 14 foiz etib belgilangani bunda muhim omil boʻlmoqda. Milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha oʻrtacha tortilgan foiz stavkalari 20,6 foizgacha pasaydi. Xususan, yuridik shaxslar kreditlari boʻyicha foiz stavkalari yil boshidagi 24,3 foizdan 19,5 foizgacha, jismoniy shaxslar kreditlari boʻyicha esa yil boshida 28,1 foizdan 22,3 foizgacha pasaydi. 5-10 foiz boʻlishi uchun inflyatsiya 5 foizga tushishi kerak boʻladi. Balki, 2023-yilga borib, ana shunday natijaga erisharmiz.