Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2023 yilda uy-joy qurish hajmi 1,5 baravarga ortdi
14:59 / 2024-01-08

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati rahbari Saidnosir Usmonov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda o‘tgan yilda amalga oshirilgan qurilish-bunyodkorlik ishlari bo‘yicha ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2023 yilda uy-joy qurish hajmi 1,5 baravarga ortib, 90 ming xonadonli uylarda qurilish ishlari tashkil etildi. Yangi joriy etilgan “Tashabbusli byudjet” tizimi hududlarda bunyodkorlik ishlari ko‘lamining yanada kengayishiga turtki bo‘ldi. Xususan, ushbu tizim orqali olingan 5,5 trillion so‘m mablag‘ hisobiga mahallalardagi 4 ming 701 ta ob’ektda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.  

2023 yil manzilli ro‘yxatga asosan 15 ta shaharsozlik normalari va qoidalari, 34 ta standartlar, 27 ta qurilish reglamentlari va 10 ta “smeta-resurs” normalari ishlab chiqildi. “Qurilish nazorati” axborot tizimi orqali 12 mingdan ortiq ob’ekt nazoratga olindi va shu asosda vazirlik huzuridagi Inspeksiya tomonidan 172 mingdan ziyod monitoring o‘tkazildi.  

Sh.Mamaturopova, O‘zA