English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2023 yilda loyihalarda 3 trillion so‘mlik keraksiz xarajatlar oldi olingan
11:21 / 2024-01-29

Masalan, bugungi kunda loyiha tashkilotlari ob’ekt qiymatini imkon qadar “shishirishga” harakat qilayotgani qayd etildi. Sababi, loyiha qancha qimmat bo‘lsa, loyihachi shuncha ko‘p pul oladi.

Bu haqda Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Shu bois, aksariyat loyihalarda keraksiz xizmatlar, ortiqcha hashamat qo‘shib kiritilmoqda.

Masalan, 2023 yilda loyihalarda 3 trillion so‘mlik bunday keraksiz xarajatlar oldi olindi.  

Aksincha, iqtisod qilishga kelganda, quruvchilarning ish haqi va asosiy qurilish materiallari narxi bozordan past narxlarda hisoblanmoqda.

Bularning hammasi quruvchi-pudratchilarni “obnal” va “o‘g‘irlik” qilishiga, sifatsiz qurilish materiallarini ishlatishiga sharoit yaratayotgani, "yashirin" qurilish materiallari bozori vujudga kelgani qayd etildi.

Hokim va prokurorlar vaziyatga e’tiborsizligi qattiq tanqid qilinib, ularning bu boradagi qat’iy javobgarligi belgilandi.

 

O‘zA