English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2023 yilda 149,9 trillion so‘mga teng bo‘lgan qurilish ishlari bajarilgan – MHTI tahlili
14:24 / 2024-01-29

2023 yil yakunlariga ko‘ra, umumiy hajmi 149,9 trillion so‘mga teng bo‘lgan qurilish ishlari bajarilgan. Bu 2022 yildagiga nisbatan 106,4 foizni tashkil etdi.

Tahlil natijasiga asosan Farg‘ona, Samarqand, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Namangan va Qashqadaryo viloyatlari qurilish ishlari  bo‘yicha yetakchilik qilgan. Qurilish ishlarining umumiy hajmida yirik tashkilotlarning ulushi 25,3 foiz, kichik korxonalar va mikrofirmalarning ulushi 55,2 foiz, norasmiy sektorning ulushi esa 19,5 foizdir.  

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiy jihatdan qurilish ishlarining 70,1 foizini bino va inshootlar qurilishi, 20,6 foizini fuqaro ob’ektlari qurilishi, 9,3 foizini ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari tashkil etdi.  

 

N.Ziyodullayeva,  

O‘zA