French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2023 yil soliq siyosatida qanday o‘zgarishlar kutilmoqda?
18:56 / 2022-12-27

Avval xabar qilinganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar mamlakatimiz va xalqimiz hayotiga daxldor bir qator masalalarni muhokama qildilar.

Xususan, kun tartibidan o‘rin olgan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi qizg‘in muhokamalar markazida bo‘ldi. 

Majlisda ta’kidlanganidek, mamlakat taraqqiyotining yangi davrida tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘z navbatida, soliq qonunchiligi talablarini yanada soddalashtirish hamda soliq ma’muriyatchiligining yangi vositalarini samarali joriy etish orqali tadbirkorlik sub’ektlarining soliq yukini kamaytirishni taqozo etmoqda. 

Bu jarayonda tadbirkorlik sub’ektlarining foydalanilmayotgan ko‘chmas mulk ob’ektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirchan soliq mexanizmini qo‘llash tartibining bekor qilinishi hamda soliq to‘lovchi tomonidan talab etiladigan hujjatlar sonining qisqartirilishi hisobiga narxni belgilash to‘g‘risidagi bitimni tuzish tartibining soddalashtirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. 

Muhokamalarda so‘z olgan deputatlar qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza va takliflarini bildirib, uni ma’qulladilar. 

Shuningdek, majlisda ko‘rib chiqilgan “Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.  

Mazkur qonun loyihasida 2023 yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarida qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq stavkasi pasaytirilishi, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq stavkalarini unifikatsiya qilinishi, mutlaq summalarda belgilangan soliq stavkalarining kutilayotgan inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, indeksatsiya qilinishi nazarda tutilmoqda. 

Xususan, 2023 yil uchun belgilangan soliq siyosatida asosiy soliq stavkalari foyda solig‘ining bazaviy stavkasi 15 foiz, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i 12 foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi 1,5 foiz miqdorida o‘zgarishsiz qoldirilyapti. 

Shuningdek, tamaki, alkogol va neft mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliq, yer va mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari inflyatsiya darajasidan kelib chiqib qariyb 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda. 

Qonun loyihasida Prezidentimiz tomonidan tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan “Ochiq muloqot” doirasida berilgan topshiriqlarga asosan biznes uchun qo‘shimcha yengilliklar berilmoqda. Ya’ni, qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha, jami daromadi ilk marta 1 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun 1 yil, jami daromadi ilk marta 10 milliard so‘mdan oshgan tadbirkorlik sub’ektlari uchun esa 2 yil davomida foyda solig‘i stavkasi 2 baravarga pasaytirilmoqda.

Bundan tashqari, barcha toifadagi soliq to‘lovchilar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkalari unifikatsiya qilinib, yagona 4 foizlik soliq stavkasi belgilanyapti. Bunda pasaytirilgan soliq stavkalari saqlab qolinadi. Qolaversa, aylanmadan olinadigan soliqning qat’iy belgilangan summadagi stavkasi joriy etilmoqda. Ya’ni, tadbirkor soliq organlariga majburiy tartibda moliyaviy hisobotlarni taqdim etmaydi va dividend tarzidagi daromadlaridan soliq to‘lamaydi.  

Qonun loyihasida aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga qo‘shimcha yengilliklar yaratish maqsadida jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini qoplashga yo‘naltirganda, soliqqa tortilmaydigan daromadlar miqdori amaldagi 15 million so‘mdan 73,6 million so‘mgacha oshiriladi. Bunda uy-joyning qiymatiga qo‘yilgan talab bekor qilinmoqda.  

Qonun loyihasi bilan o‘rta biznesni rivojlantirish maqsadida ularga soliq majburiyatlarini 6 oyga foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi ham berilmoqda. Shuningdek, soliq qarzini mol-mulk hisobidan undirishga qaratishning belgilangan muddati 60 kungacha uzaytirilmoqda.  

Muhtarama Komilova, O‘zA