Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022 yilning dekabr oyida O‘zbekiston banklarining kredit qo‘yilmalari 390 trillion so‘mga yetdi
17:02 / 2023-01-26

Markaziy bankning ma’lum qilishicha, 2022 yilning dekabr oyida O‘zbekiston banklarining kredit qo‘yilmalari qariyb 8 trillion so‘mga oshib, 390 trillion so‘mga yetgan.

Chakana kreditlar qoldig‘i 3,3 trillion so‘mga ko‘paygan. Shundan eng ko‘pi, ya’ni 1,3 trillion so‘mi ipoteka kreditlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Korporativ kreditlar qoldig‘i 4,7 trillion so‘mga ko‘paygan va bunda davlat banklari faolroq bo‘lgan. 

Muammoli kreditlar qoldig‘i 14 trillion so‘mgacha qisqartirilgan.  

 O‘zA