2022 yilda Tojikiston amalga oshirgan mahsulot eksporti ikki milliard dollardan oshgan
2022 yilda Tojikiston qiymati 2 milliard 142 million dollarlik mahsulot eksport qildi, bu 2021 yildagi natija bilan solishtirganda 7,6 million dollarga kam, dedi Tojikiston Respublika hukumati huzuridagi eksport bo‘yicha agentligi direktori Baxriddin Sirodjiddinzoda jurnalistlar uchun uyushtirilgan brifingda.
Xorijiy investorlarni jalb qilgan holda mahalliy mahsulotlarni ko‘proq yetishtirish maqsadida eksport bo‘yicha agentlik Turkiya, Rossiya va Qozog‘istonda Tojikiston savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqda.
Brifingda ma’lum qilinishicha, ayni paytda Agentlik mahalliy mahsulotlarni jahon bozorlariga chiqarish, eksport bozorlarini qidirib topish uchun yirik eksportchi kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda.
Hozirgacha Tojikiston jami 110 ta, jumladan, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligidan 10 ta, uzoq xorijdan 100 ta mamlakat bilan tashqi savdo aloqalarini o‘rnatgan. O‘z mahsulotlarini jahonning 52 ta mamlakatiga eksport qilmoqda.