Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022 yilda Rossiyada qirg‘izistonlik migrantlar soni 90 ming kishiga ortgan
15:02 / 2023-03-15

Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasining mehnat migratsiyasi va ijtimoiy himoya departamenti direktori Altinay Omurbekova shu haqda ma’lum qildi.

Shu bilan birga, 2022 yilda Rossiyada mehnat qilayotgan armanistonlik migrantlar soni 50 ming kishiga kamaygan. Omurbekovaning izoh berishicha,  bunga Armanistonda ishsizlikning qisqarishi sabab bo‘lishi mumkin.  

2022 yilda Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlikka kiruvchi mamlakatlardan kelgan migrantlar soni jami 1 million 647 ming kishini tashkil etgan, bu 2021 yilga nisbatan 35 ming kishiga ko‘p.  

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoq hududida jami mehnat bozori 93 million kishini tashkil etadi, shuning 1,8 foizi ittifoqning boshqa mamlakatlaridan ish topgan, deyiladi xabarda.