Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022 yilda Qirg‘izistonda oltita investitsiya loyihasi amalga oshiriladi
18:10 / 2021-12-24

Ularning orasida to‘xtab qolgan korxonalarni qaytadan ishga tushirish loyihalari ham bor, deydi investitsiya vaziri vazifasini vaqtinchalik bajarib kelayotgan Nuradil Bayasov.

Uning ta’kidlashicha, bu yerda gap Kara-Boltadagi ancha vaqtdan buyon faoliyat ko‘rsatmayotgan gilam to‘qish kombinati haqida bormoqda. Nihoyat ushbu loyihaning birinchi bosqichiga 400 ming dollar sarmoya kiritadigan investor paydo bo‘lgan.

Rejaga ko‘ra, kombinat ishga tushsa shaharliklar uchun 800 dan 1 mingtagacha ish o‘rinlari ochiladi. Umuman, mazkur loyihaga jami 25 million dollar sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Yevropa standartlariga mos tushadigan yangi tibbiy markaz qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu klinika qaysi yo‘nalishda faoliyat yuritishi aniq aytilmayapti, lekin investor tomoni ushbu loyihaga 250 ming dollar ajratgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, mazkur markaz uchun xalqaro talablarga javob beradigan texnikalar xarid qilinadi. Darvoqe, mazkur markazga o‘rnatiladigan bitta jihozning narxi 1 million 200 ming dollarni tashkil etadi.

Nuradil Bayasovning ta’kidlashicha, loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, mamlakat iqtisodiyotiga yana 15-25 million dollar jalb qilish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Shuningdek, 2018 yilda boshlangan loyihalar ham borligi aytib o‘tildi. Vazirning ma’lum qilishicha, ushbu loyihalar ham 2022 yilda nihoyasiga yetkaziladi.