Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022 yilda iqtisodiyotga kiritilgan investitsiyalar hajmi 24 milliard AQSH dollarni tashkil etdi
14:28 / 2023-01-27

Keyingi yillarda respublikada investitsion muhitni yaxshilash va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 12 dan ortiq qonun, 60 dan ortiq farmon va qaror qabul qilindi.

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlarining 2017-2022 yillarda O‘zbekistonda qulay investitsion muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahliliga ko‘ra, 2016 yilda fuqarolari mamlakatimizga vizasiz kirib chiqa oladigan mamlakatlar soni 9 tani tashkil qilgan. Viza tizimi isloh qilinishi natijasida bunday mamlakatlar soni 2022 yilda 90 tadan ortdi. Shuningdek, investorlar va ularning oila a’zolari uchun alohida “investitsion viza” tizimi joriy qilindi.  

Amalga oshirilgan islohotlar o‘z natijasini bermasdan qolmadi. Masalan, 2017-2022 yillarda O‘zbekiston Xalqaro iqtisodiy erkinlik indeksi umumiy reytingida o‘z o‘rnini 31 pog‘onaga yaxshilab, 148-o‘rindan 117- o‘ringa ko‘tarildi. 2017 yilda iqtisodiyotga kiritilgan jami investitsiyalar hajmi 14 milliard AQSH dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 1,7 barobar oshib, 24 milliard AQSH dollarga yetdi.    

bugungi kunda jahonning 50 dan ortiq mamlakati O‘zbekistonga barqaror tarzda investitsiya kiritmoqda. Ular iqtisodiyotimizning asosan metallurgiya, energetika, kimyo sanoati, elektrotexnika, mashinasozlik, yengil sanoat tamoqlarida faoliyat yuritayapti.  

Investitsion muhitni yaxshilashga qaratilgan islohotlar iqtisodiyotimizning barqaror rivojlanishi va insonlarning turmush darajasi yaxshilanishiga xizmat qiladi.  

 

O‘zA