Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022 yil Butunjahon yoshlar festivali Toshkentda o‘tkaziladi
13:29 / 2021-11-28

Kecha, 27 noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Butunjahon yoshlarining vertul festivali (UTS)ning yopilish marosimi tashkil etildi.

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi va bir qator xalqaro tashkilotlar hamkorligidagi festival joriy yilning 20 noyabrida onlayn tarzda boshlanib, qit’adagi 100 dan ziyod tashkilot yoshlarini qamrab olgandi.

Festivalning yopilish marosimida qatnashgan Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bosh direktori Kristof de Kepper, Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi rahbari Endryu Parsons va boshqalar bir xafta davomida o‘tgan tadbirlar, onlayn uchrashuv va muloqotlar jahon yoshlarni birlashtirish hamda hamjihat bo‘lishida katta ahamiyat kasb etganligini ta’kidladi.

Qolaversa, festival doirasida maksi-fit, aero rasm olish, shuningdek, imkoniyati cheklangan insonlar uchun o‘tgan o‘yinlar, fitnes mashqlari minglab ishtirokchilarni qamrab oldi. Bundan tashqari, yoshlar muammolariga bag‘ishlangan 6 ta konferensiya, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining yosh yetakchilari seminari tashkil etildi.

Mamlakatimiz yoshlari uchun mazkur festivalning ahamiyatli jihati, unda yurtimiz vakillari ham o‘z g‘oya va chiqishlari bilan qatnashdi.  

E’tiborli jihati, Ar-Riyoddagi festivalning yopilish marosimida O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov maxsus chiqishni amalga oshirib, 2022 yilgi Butunjahon yoshlarining vertul festivali (UTS) O‘zbekistonda o‘tkazilishini e’lon qildi.

Bu, mamlakatimiz yoshlarining jahondagi tengdoshlari bilan yaqinlashuvini, dunyodagi barkamol avlod vakillarining mavjud yutuq va muammolari Toshkentda hal etilishini, yoshlarning 2022 yildagi intellektual g‘oyalari, tashabbuslari aynan O‘zbekistondan boshlanishini ta’minlaydiki, bu Vatanimiz yoshlarining xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori oshishiga, turli ilg‘or qarash va tashabbusi dunyoga keng yoyilishiga xizmat qiladi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA