English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” g‘oliblari aniqlandi
18:58 / 2022-10-08

Samarqand eshkak eshish kanalida triatlon bo‘yicha o‘tkazilgan “2022 Asian Triathlon Cup Samarkand” bahslari yakunlandi.

30 davlatdan kelgan 70 nafar professional sportchi triatlonning klassik yo‘nalishi - ochiq havzada 1,5 kilometrga suzish, 40 kilometrga velopoyga va 10 kilometrga yugurish bahslarida bellashdi. 

Murosasiz kechgan musobaqaning ayollar o‘rtasidagi bahsida Jahon triatlon federatsiyasi bayrog‘i ostida qatnashgan Tous Xeska g‘olib bo‘ldi. Xitoylik Xen Yu Lin ikkinchi va Vengriya vakilasi Naumi Sarszegi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahsda esa ispaniyalik sportchi David Kontero Del Kampo birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin Ruminiya sportchisi Feliks Duchamptga va uchinchi o‘rin Lyuksemburg vakili Grigor Payetga nasib etdi.

- Samarqandda o‘tkazilgan kubok bahslari jahon chempionatlari darajasida tashkil etildi, - deydi ispaniyalik sportchi David Kontero Del Kampo. – Ushbu sport turi bilan ko‘p yildan beri shug‘ullanaman. Uzoq yillik mehnatlarim bugun o‘z samarasini berdi. Samarqandda o‘tkazilgan ushbu musobaqa menga juda yoqdi. Chempionat bahonasida dunyoga mashhur shaharning betakror obidalari bilan tanish imkoniga ega bo‘ldim. Buyuk tarixga ega shaharda o‘tkaziladigan kelgusi bahslarda ham albatta ishtirok etaman.

Musobaqa so‘ngida g‘oliblarga diplom, medal, pul mukofotlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.


G‘.Hasanov, A.Isroilov (surat), O‘zA