Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022-2024 yillarda Yangihayot tumanida 65 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi
12:54 / 2022-07-01

Yangihayot tumanida jurnalist va blogerlar uchun tumanda amalga oshirilayotgan yangi investitsiya loyihalar yuzasidan navbatdagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. UndaO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi «2022-2024 yillarda Toshkent shahrining Yangihayot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror dasturiga ko‘ra, tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, Yangihayot tumanida joriy yilning yanvar-may oylarida jami 217 ta tadbirkorlik sub’ekti tashkil etilgan. Shundan, 186 tasi MCHJ, 12 tasi xususiy korxona va 19 tasi oilaviy korxona hisoblanadi. Natijada tumanda tadbirkorlik sub’ektlari soni 2481taga yetgan.

2022-2024 yillarda esa 65 ta loyiha, jumladan, sanoatni rivojlantirish bo‘yicha 46 ta (2,3 trln. so‘m), xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish bo‘yicha 11 ta loyiha (1,3 trln. so‘m) va zamonaviy uy-joylar qurishni rivojlantirish bo‘yicha 8 ta loyiha (6,1 trln. so‘m) amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Ularning 61 tasi joriy yilda ishga tushishi, jami 3003 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 4 fevraldagi «Toshkent shahrida «Yangihayot» industrial texnoparkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosiga binoan umumiy qiymati 7.2 trln. so‘mga teng 126 ta taklif loyihalar ishlab chiqilgan, – deydi tuman hokimi o‘rinbosari – Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Otabek Fozilov.

Shunga ko‘ra, 18 840 ta bo‘sh ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Bundan tashqari, «Yangihayot» industrial texnopark hududida “ACCORD VISION” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 70 mlrd. so‘m bo‘lgan «Santexnika mahsulotlarini ishlab chiqarish» loyihasini amalga tatbiq etish ko‘zda tutilgan. Loyihani ishga tushirish ishlari 2024 yilda yakunlanadi va 50 nafar ish o‘rinlari yaratilishi reja qilingan.

Matbuot anjumani yakunida jurnalist va blogerlar tumandagi investitsiya loyihalarga doir o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

Keyingi manzil esa «Sino professional medikal» klinikasi bo‘ldi. 2022 yildan o‘z faoliyatini boshlagan ushbu klinikaning asosiy yo‘nalishlari bolalar va kattalar kardioxirurgiyasi, kardiologiyasi va travmatologiyasi bo‘lib, hozirgi kunga kelib klinikada yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazib kelinmoqda.

O‘zA