Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022/2023 o‘quv yili yakunida MTM dan qancha bola boshlang‘ich ta’lim bilan qamrab olinadi?
15:10 / 2023-06-13

Maktabgacha ta’lim agentligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayevaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’lim-tarbiya jarayonini ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablariga muvofiq yaratilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida rejalashtiradi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili yakunida MTM dan 7 yoshga to‘lgan 647 655 nafar bola (o‘tgan yildagidan 80 659 nafar ko‘p ) boshlang‘ich ta’lim bilan qamrab olinadi. Qayd etilishicha, o‘quv yili sentyabr oyidan mayga qadar davom etadi.

Davlat talablari bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini belgilab, ulardagi bilim, malaka va ko‘nikmalar rivojlanishining ko‘rsatkichlarini aniqlaydi. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzining shakllanishi, ijtimoiy-hissiy rivojlanish, nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari, bilish jarayonining rivojlanishi, ijodiy rivojlanish kabi mazkur 5 ta yo‘nalish 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalarining shakllanishi, nutq, o‘qish va savodga tayyorlash darajasini, atrof-olam haqidagi tushunchalar va qo‘yilgan talablarni egallashi uchun asosiy omil hisoblanadi.  

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish davri har yili 1 iyundan 31 avgustgacha davom etib, sog‘lomlashtirish va chiniqtirish tadbirlari, ko‘ngilochar soatlar, bayramlar, sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlarni qamrab olgan moslashtirilgan reja asosida faoliyat yuritiladi.  

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA