Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni ma’lum qilindi
09:35 / 2022-07-28

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ma’lumotiga ko‘ra, 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.

Qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 million 214 ming  232 nafarni tashkil etdi.

Shundan 395 ming  23 nafari — joriy yil bitiruvchilari, 819 ming 209 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti (birinchi ta’lim yo‘nalishiga nisbatan): 

Kunduzgi ta’lim shakli — 612 ming 530 nafar; 
Sirtqi ta’lim shakli — 565  ming 902 nafar; 
Kechki ta’lim shakli — 27 ming  417 nafar; 
Masofaviy ta’lim shakli — 8 ming 383 nafar. 

O‘zA