Xabaringiz bor, har yili Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi tomonidan iste’dodli va shijoatli yoshlarni kashf etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yil talabasi” respublika tanlovi o‘tkaziladi.
Ahamiyatlisi, bu yilgi mazkur tanlovda “2021 yilning eng yaxshi sportchisi” Akbar Jo‘rayev yil talabasi g‘oliblari safidan joy oldi.
Bu haqda Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Kecha mazkur tanlovning yakuniy bosqichi Ishchi guruhi a’zolari tomonidan onlayn tarzda o‘tkazildi va tashkiliy qo‘mitaning yakuniy xulosasiga ko‘ra, “Yilning eng yaxshi sportchi-talabasi” nominatsiyasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 3-bosqich talabasi Akbar Jo‘rayev 1-o‘ringa munosib, deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, Akbar Jo‘rayev 2021 yil davomida Tokio-2020 yozgi olimpiya o‘yinlarining g‘olibi va rekordchisi, shuningdek, Toshkentda o‘tkazilgan Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdim edi.
To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA