French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021-yildan boshlab irrigatsiya obyektlarini qurish boʻyicha yangi tartib oʻrnatiladi
16:15 / 2020-08-13

“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.


“Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida suv resurslaridan samarali foydalanish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020–2023-yillarda Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya obyektlarini taʼmirlash boʻyicha manzilli roʻyxatlar tasdiqlandi.

Jumladan, belgilangan yillarda bu borada Jizzax viloyatida umumiy qiymati 1 trln 166 mlrd 302 mln soʻm, Sirdaryo viloyatida umumiy qiymati 1 trln 457 mlrd 380 mln soʻm boʻlgan loyihalarning amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

2021-yildan boshlab irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda melioratsiya obyektlarini taʼmirlash va tiklash boʻyicha ustuvor loyihalarni tanlash va amalga oshirishning quyidagi tartibi oʻrnatiladi:

ustuvor loyihalar boʻyicha takliflar joyida har bir hududning suv taʼminoti, yerlarning meliorativ holati va boshqa oʻziga xos xususiyatlarini inobatga olgan hamda muammolar tahlilini qilgan holda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda shakllantiriladi;

ustuvor loyihalar boʻyicha takliflar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlarida muhokama qilinadi va maʼqullangandan soʻng belgilangan tartibda amalga oshiriladi;

har bir loyihaning amalga oshirilishi holati tegishli xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari tomonidan nazorat qilib boriladi.