French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021 yilda Tojikiston iqtisodiyotiga 601 million dollardan ortiq xorijiy sarmoya jalb etilgan
16:14 / 2022-01-05

O‘tgan yili Tojikiston iqtisodiyotining turli sohalariga 6,8 milliard somonidan (601,7 million dollar) ortiq xorijiy sarmoya jalb qilindi, deb xabar bermoqda «Avesta» agentligi.

Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu mablag‘dan 2,5 milliard somoni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, xorijiy kapital jalb qilishni kengaytirish uchun tegishli choralarni kuchaytirish, ayniqsa, sanoatning qayta ishlash sohasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoya jalb qilishni oshirish zarurligi qayd etilgan.  

Xususan, kelgusi 5 yil davomida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilinadigan investitsiya miqdorini yalpi ichki mahsulot hajmining 10 foizigacha yetkazish lozimligi ta’kidlangan. Hozirda mamlakatda davlat tomonidan investitsiyalashtirilayotgan qiymati 42 milliard somonidan (3,7 milliard dollar) oshadigan 82 loyiha amalga oshirilmoqda.