Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi sessiyasida voha ahliga qilgan murojaatida ta’kidlab o‘tdi.
Viloyatda 81 ming gektar foydalanishdan chiqqan hamda suv zahirasi bo‘lgan lalmi va adir yerlar mavjud. Shundan, 2021 yilda 44 ming gektari (14 ming gektar foydalanishdan chiqqan, 30 ming gektar lalmi va adir) o‘zlashtirilishi kerak. Masalan, Shahrisabz tumanining Hisorak, Sarchashma, Sayyod, Ko‘l va G‘ilon xududlarida 3 ming 200 gektar lalmi yerlarda kartoshka va sabzavot yetishtirish bo‘yicha kooperatsiyalar tashkil etiladi. Natijada viloyat aholisini kartoshkaga bo‘lgan talabini ichki imkoniyatlar hisobadan to‘liq qondirish hamda 5 mingdan ortiq aholini bandligini ta’minlash imkonini beradi. Ushbu maqsadda “Tamshush” daryosidan quvur orqali suv olib kelishga respublika byudjetidan 32 milliard so‘m mablag‘ ajratilmoqda.
G‘uzor va Muborak tumanlarida o‘zlashtirilgan 10 ming gektar yerlarda klaster usulida soya yetishitirish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yiladi. 50 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi.
Chorvachilikka ixtisoslashyotgan Kasbi, Nishon, Mirishkor va Koson tumanlarining har birga ming bosh qora molga mo‘ljallangan yirik komplekslar hamda 20 tadan 50-100 boshlik kichik bo‘rdoqichilik fermalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan sut-go‘sht yo‘nalishida har biri 1 ming boshga mo‘ljallangan 12 ta qoramolchilik, 200 boshdan 14 ta tuyachilik loyihalari ishga tushiriladi. Qorako‘lchilik klasterlari tomonidan bo‘rdoqichilik kompleksi, jun va terini qayta ishlash, granulali omuxta yem ishlab chiqarish bo‘yicha 18 ta loyiha amalga oshiriladi.
- Viloyat Iqtisodiy taraqqiyot boshqarmasi, “Qashqadaryo baliqsanoat” MCHJ, Ipoteka bank viloyat viliali bir oy muddatda 2021 yilda baliq yetishtirish va ovlashni 30 ming tonnaga yetkazish bo‘yicha “yo‘l xarita” ishlab chiqib, hokimliklar bilan birgalikda bajarilishini ta’minlashlari kerak.
[gallery-516]
Buning uchun qiymati 73 mlrdso‘mlik 44 ta loyihalar amalga oshiriladi. Xususan, 2021 yilda Shahrisabz va Kitob tumanlarida kooperatsiyalar asosida 600 tonna forel balig‘i yetishtirishni yo‘lga qo‘yish, Qarshi va Nishon tumanlarida “Sof suv havzalari” MCHJ tajribasi asosida kamida 10 gektardan intensiv suv havzalari barpo etish, 4 million dona baliq chavoqlari tayyorlaydigan 80 gektar maydonga reproduktor havzalar hamda 40 million dona lichinka ishlab chiqaradigan 1 ta inkubatsiya sexi tashkil etilshili shart, - dedi Z.Mirzayev.
Kitob va Shahrisabz tumanlarida 1000 ta aholi xonadonlarining har birida 10 tadan, jami 10 ming asalari oilalarini klaster usulida boqish yo‘lga qo‘yiladi.
Yakkabog‘, Qamashi, Chiroqchi, Shahrisabz va Kitob tumanlari bog‘dorchilik va uzumchilikka ixtisoslashtiriladi. 2021 yilda 12,1 ming gektar, shundan 7,3 ming gektar intensiv bog‘, 4,7 ming gektar uzumzor barpo etiladi. Jumladan, 1 ming 758 gektar olma, 1 ming 243 gektar bodom, 1 ming 875 gektar pista, 1 ming 277 gektar yong‘oq, 543 gektar o‘rik, 196 gektar anor ekiladi. Masalan, Shahrisabz va Kitob tumanlarida 10 gektar yerda malina, Qamashi tumanida 100 gektar yerda pomidor yetishtirish, Kitob tumanida 300 gektar maydonda anorzor va tokzor tashkil etiladi.
Huddi shunday Shahrisabz tumanidagi “To‘damaydon” va “Uloch” mahallalarida 1 000 gektar lalmi yerga suv chiqarib, kooperatsiya asosida uzumzorlar, Yakkabog‘ tumanida 50 gektarda danakli va yong‘oq mevali daraxtlarning intensiv ko‘chatlarini yetishtirish, Dehqonobod tumani va viloyatning tog‘oldi hududlarida 1 ming 500 gektar maydonda pista plantatsiyalari, Dehqonobod tumani “Oqtosh-Beliboyli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida 70 gektar lalmi maydonda zamonaviy intensiv uzumzorlar barpo qilinadi.
Shuningdek, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasidan ajratiladigan 100 milliard so‘m mablag‘ evaziga Kasbi, Qarshi, Qamashi, Shahrisabz, Kitob, Nishon va Chiroqchi tumanlaridagi “Tomorqa xizmati” MCHJlar faoliyati, tomorqachilik klasteri asosida tashkil etiladi. “Buxoroagro” korxonasi tajribasi asosida Qarshi, Qamashi va Koson tumanlarida 540 gektar zamonaviy issiqxonalar quriladi. Bu maqsadlarga xalqaro moliya institutlari orqali 150 million dollar ajratilishi kutilmoqda.
O‘.BAROTOV J.Norqobilov (surat), O‘zA