2021 yilda Maktabgacha ta’lim tizimiga respublika byudjetidan jami 6,7 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan. Shundan 6,6 trillion so‘m mablag‘ xarajat qilingan.
Jumladan:
– maktabgacha ta’lim vazirligi markaziy apparatini saqlash xarajatlari uchun 10,7 milliard so‘m;
– Maktabgacha ta’lim vazirligining markazlashgan mablag‘lari hisobidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini jihozlash, mantiqiy o‘yin, o‘yinchoqlar, o‘quv-didaktik materiallar bilan ta’minlashga 181 milliard so‘m;
– Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasiga 103,6 milliard so‘m;
– Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining birinchi va ikkinchi guruh xarajatlariga 4 trillion so‘m;
– Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga subsidiya uchun 1,2 trillion so‘m;
– Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini o‘quv-metodik materiallar bilan ta’minlashga 39,2 milliard so‘m;
– “Aqlvoy“ dasturi doirasida mobil avtobuslar xarid qilishga
2,6 milliard so‘m;
– Kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash xarajatlariga 50,7 milliard so‘m;
– “Imkon“ reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotini saqlash xarajatlariga 1,4 milliard so‘m;
– Investitsiya dasturi doirasida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ob’ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlariga 1,1 trillion so‘m mablag‘ ajratilgan.
Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatiga doir hisobot – 2021 yil natijalari, joriy yil rejalari yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.