Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021 yilda dunyoda qo‘poruvchiliklar soni 18 foizga kamaygan
11:49 / 2023-02-28

2021 yilda terrorchilik hujumlari soni 2020 yil bilan taqqoslaganda 18 foizga kamaygan, deyiladi AQSH Davlat departamentining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha har yili e’lon qiladigan hisobotida.

AQSH hukumatining hisob-kitobicha, 2021 yilda dunyo bo‘yicha 8 ming 354 ta terrorchilikka qaratilgan harakatlar qayd etilgan. Ularning qurbonlari 23 ming 692 kishini tashkil etdi, yana 16 ming kishi jarohatlangan, 5,5 mingdan ortiq kishi o‘g‘irlangan.

“2021 yilda terrorchilik harakatlari 2020 yilga nisbatan 18 foizga kamaydi, qurbonlar soni ham 19 foizga, jabrlanganlar esa 16 foizga kamaygan, biroq odamlarni o‘g‘irlab ketish bilan bog‘liq hodisalar 25 foizga ortgan”, – deydi ma’ruza mualliflari.

Ularning fikricha, teraktlar sonining kamayishini Afg‘onistonda vaziyat o‘zgarishi bilan bog‘lash mumkin. Umuman, turli ko‘rinishdagi qo‘poruvchiliklar 65 ta mamlakatda qayd etilgan, ularning 88,6 foizi G‘arbiy Osiyo, Afrika va Janubiy Osiyoda kuzatilgan.

Terrorchiliklar ayniqsa Suriya, Afg‘oniston, Kongo demokratik respublikasi, Iroq, Nigeriya, Hindiston, Myanma, Pokiston, Somali va Yamanda ko‘p bo‘lgan, deyiladi ma’ruzada.