French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021 yilda dunyo bo‘yicha savdo-sotiq hajmi rekord darajaga yetgani aytilmoqda
12:22 / 2022-02-17

2021 yilda dunyo bo‘yicha savdo-sotiq hajmi rekord darajaga chiqib, jami 28,5 trillion dollarni tashkil etdi.

Bu 2020 yilga nisbatan 25 foizga ko‘p, 2019 yilgi ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda esa, o‘sish  13 foizni qayd etgan. Jenevada bo‘lib o‘tgan BMTning savdo va rivojlanish (YUNKTAD) bo‘yicha Konferensiyasida taqdim qilingan ma’ruzada shu haqda aytiladi.

Ma’ruzada joriy yilning birinchi choragida savdo aylanmasi hajmining o‘sishi sekinlashishi ma’lum qilindi.

YUNKTAD e’lon qilgan hisobotda keltirilishicha, 2022 yilning birinchi choragida savdo hajmining o‘sish sur’ati sekinlashishi mumkin, shu bois savdo-sotiq hajmi 2021 yilning to‘rtinchi  choragida kuzatilgan darajaga yaqin bo‘ladi.

O‘tgan yilda xalqaro savdoning o‘sishiga mutaxassislarning fikricha, "xomashyo tovarlari narxining oshishi, pandemiya bilan bog‘liq cheklovlarning yumshagani va iqtisodiyotni rag‘batlantirish yo‘lida amalga oshirilgan chora-tadbirlar tufayli iste’mol talabining tez tiklangani" sabab bo‘lgan.