Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021 yilda Buyuk Britaniyaga La-Mansh orqali rekord darajada ko‘p noqonuniy migrant kelgani aytilmoqda
16:59 / 2022-01-05

2021 yilda birlashgan Qirollikka 28 mingdan ziyod noqonuniy migrant kirib kelgan, ular La-Mansh bo‘g‘ozidan suzib o‘tgani aytilmoqda. Bu mamlakat uchun rekord ko‘rsatkichdir, deb xabar bermoqda «PA Media» axborot agentligi Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib.

2020 yilda qirollikka dengiz orqali atigi 8 ming 417 kishi noqonuniy ravishda kirib kelgan edi. Bir yil ichida ushbu yo‘nalish bo‘yicha boshpana so‘rab keluvchilar soni uch barobardan oshgan va 28 ming 395 kishiga yetgan.  

«PA Media» hisob-kitobicha, eng ko‘p noqonuniy migrantlar noyabr oyida qayd etilgan. O‘shanda Buyuk Britaniyaga havo to‘ldirilgan qayiqlarda qariyb, 7 ming kishi suzib kelgan, ularning 3 mingtasi olti kun mobaynida kirib kelgan.  

Buyuk Britaniya bilan Fransiya hukumatlari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashda hamkorlikni mustahkamlayotgani haqida bir necha bor bayonot bergandi. Lekin hozircha muammoni hal etishning imkoni bo‘lmayapti. Iyul oyida qirollikning ichki ishlar vazirligi mamlakatdan boshpana olish tizimini isloh qilish bo‘yicha qonun loyihasini parlamentga taqdim etgandi.