Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021 yilda 338 milliard so‘m noqonuniy xarajat va o‘zlashtirishlar aniqlangan
16:59 / 2022-03-14

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2021 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti ko‘rib chiqildi.  
 
Ta’kidlanganidek, 2021 yil rejalashtirilgan byudjet xarajatlari 2,1 trillion so‘mga, 2022 yil byudjet loyihasida ko‘zda tutilgan xarajatlar 641 milliard so‘mga maqbullashtirilib, boshqa ustuvor yo‘nalishlarga qayta taqsimlanishi yuzasidan takliflar ishlab chiqildi.  


 
Byudjet mablag‘lari hisobidan 338 milliard so‘m noqonuniy xarajat va o‘zlashtirishlar aniqlanib, ularni byudjetga qaytarish choralari ko‘rildi. Davlat xaridlari jarayonida 763 ta holatda 971,1 milliard so‘mlik manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi va boshqa qonun buzilishlari aniqlangani aytib o‘tildi. Shuningdek, o‘tgan davrda Davlat byudjetiga 527 milliard so‘m qo‘shimcha manbalar aniqlandi. Korrupsiya alomatlari qayd etilgan 41 ta nazorat tadbiri natijalari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.  
 
Fraksiya a’zolari Hisob palatasi tomonidan 2021 yilda salmoqli ishlar olib borilganini e’tirof etib, uning faoliyati samarodorligini oshirish, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar berdi.

M.Komilova, O‘zA