Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021 yilda 32 yarim ming oila uy-joy bilan ta’minlangan
14:32 / 2022-01-22

2021 yilda ipoteka dasturi asosida 632 ta ko‘p qavatli uy qurilib, 32 ming 503 ta oila uy-joy bilan ta’minlandi. 11 ming 800 ta oilaga 284 milliard so‘mlik subsidiya hamda 4,8 trillion so‘mlik ipoteka krediti ajratilgan.

 Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 23,5 trillion so‘m mablag‘ evaziga 2 ming 173 ta ob’ekt foydalanishga topshirilgan.

Mazkur raqamlar Vazirlar Mahkamasining Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 2021 yilda bajarilishi yuzasidan hisobotida qayd etilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida mazkur hisobot fraksiya a’zolari tomonidan qizg‘in muhokama qilindi.

Qayd etilganidek, davlat dasturining 273 ta bandidan 243 tasi to‘liq bajarilgan va qolgan 30 ta bandning ijrosini ta’minlash uchun tegishli choralar ko‘rilgan. “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida 7 ming 800 ta qishloq va mahallalardagi 45 ming 567 ta ob’ektda qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari amalga oshirilgan.

Deputatlar partiya dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, yangi ish o‘rinlari yaratish orqali bandlikni ta’minlash, ta’lim muassasalarini jihozlash, qishloq shifokorlariga ustama to‘lanishi borasidagi ayrim muammoli masalalar bo‘yicha Hukumat vakillariga murojaat qildilar.

Muhtarama Komilova, O‘zA