English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021 yil yurtimizda 6,8 million iste’molchining huquqi buzilgan, yetkazilgan zarar miqdori 150 milliardan ortiq
16:27 / 2022-01-27

O‘zbekiston Respublikasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 2021 yilda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha yakuniy ishlarni sarhisobini ma’lum qildi.

Agentlik o‘tgan yili 262 49 nafar fuqaroning  iste’mol bilan bog‘liq muammolarini hal etishda yordam ko‘rsatgan. 84 foiz holatda ijobiy natijaga erishilgan.

Murojaatlar natijasida 6 million 800 mingdan ortiq respublika fuqarolarining iste’molchilik manfaatlari tiklandi.

Iste’molchi muammolari murojaatlarning:

51,5 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlari, 23,4 foizi savdo, 14,8 foizi mobil aloqa va internet, bank ishi, moliya va ijtimoiy xizmatlar,10,2 foizi reklama va boshqa masalalar hissasiga to‘g‘ri keladi. 2021 yilda 6,8 milliondan ortiq fuqaroga nisbatan iste’molchilar huquqlarining buzilishi aniqlangan.

Shuningdek, o‘tgan yil davomida iste’molchilarga yetkazilgan zarar 150 milliard so‘mni tashkil etgan. Murojaatlarni hal etish jarayonida iste’molchilar foydasiga 106,9 milliard so‘m miqdorida qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi. Fuqarolar huquqlarini buzgan shaxslar tomonidan 13,7 million so‘m jarima to‘langan. Iste’molchilarga savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 2,7 milliard so‘m miqdorida mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi. Agentlik ko‘magida 384 nafar iste’molchi tomonidan jami 2,8 milliard so‘mlik turli xil tovarlar qaytarildi yoki almashtirib berilgan. 2021 yil avgust oyidan boshlab joylardagi gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti va maishiy chiqindi tashish korxonalarida fuqarolar qabulini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, 16 avgustdan 28 dekabrga qadar hududlardagi kommunal tashkilotlarga kelgan 3 960 nafar iste’molchi murojaatining 59,7 foizi hal qilingan.

NORMATIV HUQUQIY BAZANI TAKOMILLASHTIRISH

102 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalarining amaldagi 40 ta hujjati xatlovdan o‘tkazildi. Shuningdek, tovarlarni ekspertizadan o‘tkazish, farmatsevtika mahsulotlari xaridini tartibga solish, normativ-huquqiy hujjatlarning iste’molchilarga ta’sirini tartibga soluvchi 14 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi tayyorlandi.

Mazkur hujjatlar ijara, lizing, ipoteka, iste’mol krediti va sug‘urta munosabatlarida 5 ta qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.

Agentlik tomonidan rivojlangan xorijiy davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribasi, metro vagonida va eskalatordan foydalanish qoidalarini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar, yo‘lovchilar xavfsizligi, bagaj, qo‘l yukini tashish va saqlash tartibi, yuklarni joylashtirish, transport vositalarini tashish hamda savdo, xizmat reklamalarini joylashtirish qoidalari o‘rganildi. Mazkur tahlil asosida Agentlik O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligiga metropolitenda iste’molchilarning huquqlari va xavfsizligini to‘liq ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘z takliflarini kiritdi.
 

Maftuna KARIMOVA, O‘zA