Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021 yil boshidan buyon 4,4 mingdan ziyod migrant halok bo‘lgan
12:49 / 2021-12-11

2021 yilning boshidan buyon 4,4 mingdan ziyod migrant boshqa mamlakat hududiga kirishga uringanida halok bo‘lgan, deyiladi Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT) tarqatgan bayonotda.

"Dunyo bo‘yicha migrantlarning safari chog‘ida fojeali  halok  bo‘lish holatlarini  qisqartirish bo‘yicha aniq choralar ko‘rilishi lozimligi haqida har yili ta’kidlanishiga qaramay, 2021 yilda 4 ming 470 dan ziyod kishi halok bo‘ldi", - deyiladi bayonotda.

XMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2014 yildan buyon 45 ming 400 migrantning o‘limi qayd etilgan.

Xabarda aytilishicha, bu yil o‘lim va bedarak ketish holatlari sayyoramizning juda ko‘p migratsion yo‘nalishlarida, jumladan,  Yevropa hamda Shimoliy va Janubiy Amerikada ko‘paygan. Masalan, 2021 yilda Meksika chegarasidan AQSH hududiga o‘tish chog‘ida 651 kishi halok bo‘lgan. Shuningdek, Yevropaga va Yevropaning ichidagi  migratsion yo‘nalishlarda 2 ming 720 ta o‘lim ro‘yxatga olingan.

Xabarda ta’kidlanishicha, XMT davlatlarni migrantlarning hayotiga xavf soladigan holatlar sonini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishga chaqirgan.