Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2021/2022 o‘quv yilidan «Kasbga yo‘naltirish tizimi» joriy etiladi
13:17 / 2020-11-26

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlashi, mehnat bozorida munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun «Kasbga yo‘naltirish tizimi» joriy etiladi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedogogik-psixologik respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i Hayot Foziljonov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda batafsil ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, 7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

7-sinf o‘quvchilari uchun har oyda bir marta «Kasblar olamiga sayohat» mavzusida maxsus kurslar, 8-sinf o‘quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba «Mening kelajakdagi kasbim» mavzusida seminar-treninglar olib boriladi.

9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlari olib boriladi.

Tizimning afzalligi — o‘quvchilar tizimli ravishda kasb-hunarga yo‘naltirilib boriladi, ongli ravishda kasbni to‘g‘ri tanlashga erishiladi.