Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2020 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar TOP-10 reytingi e’lon qilindi
16:56 / 2021-02-09

Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi matbuot xizmati 2020 yil sarhisobi haqida ma’lumotlarni O‘zAga ma’lum qildi.

Mazkur toifaga mansub yirik soliq to‘lovchilar o‘tgan yilda 836 ta bo‘lgan bo‘lsa, joriy yildan ularning safi kengayib, umumiy soni 1 120 taga yetdi.

O‘tgan 2020 yil yakunlariga ko‘ra, respublika miqyosida jami soliq tushumlari miqdori 103,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, shundan 67,7 trln so‘m miqdordagi soliq tushumlari aynan yirik soliq to‘lovchilar tomonidan amalga oshirilgan. 2020 yilda respublika bo‘yicha jami so‘m soliq tushumlarining 65 foizdan ortig‘i Inspeksiya tomonidan undirilgan.

2020 yil yakuniga ko‘ra, eng ko‘p soliq tushumlarini amalga oshirgan yirik soliq to‘lovchilar TOP-10 taligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi 

2. “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ

3. “O‘ztransgaz” AJ

4. “O‘zbekneftgaz” AJ 

5. “O‘ZBAT” AJ QK

6. “Lukoil”

7. “O‘zavto Motors” AJ

8. “O‘zbektelekom” AJ

9. “Hududgazta’minot” AJ

10. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJ