Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2020-yilda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish dasturiga muvofiq 12 ming 478 ta loyiha amalga oshiriladi
16:05 / 2019-12-14

Oliy Majlis Senati aʼzolari tomonidan yalpi majlisda 2020-yilda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish dasturi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdi.


Oliy Majlis Senati aʼzolari tomonidan yalpi majlisda 2020-yilda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etish dasturi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqdi.

Taʼkidlanganidek, ushbu dastur boʻyicha hududlar kesimida kelgusi yilda koʻp tarmoqli fermer xoʻjaliklarini tashkil etishning aniq maqsadlarini ifoda etilgan.

Unga muvofiq kelgusi yilda 11 ming 957 ta fermer xoʻjaligida 12 ming 478 ta loyiha amalga oshirilishi, koʻp tarmoqli faoliyatni yoʻlga qoʻyish va 41 ming 135 ta yangi ish oʻrni yaratish belgilangan. Shuningdek, 20 dan ortiq turli yoʻnalishni rivojlantirishga qaratilgan ushbu loyihalarni roʻyobga chiqarish uchun 2 milliard 228 million soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

Bu esa fermer xoʻjaliklarining moliyaviy-iqtisodiy, texnik va texnologik salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Majlisda senatorlar tomonidan dasturda belgilangan vazifalarni kelgusi yilda tizimli ravishda amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi tarmoqlarida uchrayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Bu masala yuzasidan Oliy Majlis Senatining tegishli qarori qabul qilindi.