Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2020 yilda Farg‘onada ajrimlar soni 351 taga kamaydi
09:39 / 2021-01-07

2020 yilning yanvar-dekabr oylari davomida Farg‘ona viloyatida shahar va tuman fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga 34 mingdan ortiq yangi juftliklar rasmiy nikohdan o‘tish uchun ariza bilan murojaat qilgan.

Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmasi  axborot xizmati xabar berdi.

Ular asosida 34 ming 66 tasiga nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnomalar tantanali topshirilgan. Bundan tashqari, 2 ming 841 ta holatda turli oilaviy kelishmovchiliklar ortidan ajrim holatlari qayd qilingan. 2019 yilning mos davriga nisbatan tuzilgan nikohlar soni 2020 yilda 891 taga, ajrimlar soni esa 351 taga kamaygan.

Nikohlar soni bo‘yicha Oltiariq tumani (2 ming 297), Quva tumani (2 ming 192) va Marg‘ilon shahar  (2 ming 152) tumanlari yetakchilik qilgan. Eng ko‘p ajrim Qo‘qon shahri (331), Farg‘ona shahar  (308), O‘zbekiston tuman(231) lariga to‘g‘ri keladi.

M. Sulaymonov, O‘zA