English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2020 yilda “Airbus” samolyotlarini yetkazib berish keskin kamayib ketdi
15:16 / 2021-01-11

Yevropaning “Airbus” aviasozlik korporatsiyasi o‘tgan yili buyurtmachilarga 566 ta samolyot yetkazib bergan. Bu 2019 yildagidan 34 foizga oz, deyiladi kompaniya tarqatgan axborotnomada.

Bu 2020 aprel oyida ishlab chiqarishni COVID-19 pandemiyasi sharoitiga moslashtirish rejasi doirasiga mos keladi.Ammo, dekabr oyida ushbu ko‘rsatgich 89 taga yetkazilgan.  

Shuningdek, 2020 yilda kompaniya jami 268 ta samolyotga buyurtma olgan. 2019 yilda esa 768 laynerga shartnoma tuzilgan edi.

“Airbus” dunyodagi eng yirik aviakosmik va mudofaa korxonasi hisoblanadi. Korxona “Airbus SAS” bo‘linmalaridan tashkil topgan bo‘lib, “Airbus Defence and Space” va “Airbus Helicopters” yo‘lovchi samolyotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.