Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2020-yilda 18 ta yangi OTM faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
12:14 / 2020-01-05

Oliy taʼlim vazirligi 2020-yilda qilinishi kutilayotgan rejalarni eʼlon qildi.


Oliy taʼlim vazirligi 2020-yilda qilinishi kutilayotgan rejalarni eʼlon qildi.

Unga koʻra, Oliy taʼlimga qamrov oshiriladi va taʼlim sifati yaxshilanadi. Shuningdek 18 ta yangi oliy taʼlim muassasasi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi:

10 ta mahalliy oliy taʼlim muassasasi;
3 ta xorijiy oliy taʼlim muassasasi;
5 ta davlat–xususiy sheriklik shartlari asosida.

Qoʻshma taʼlim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash ikki martaga oshiriladi.

18 ta yangi OTM tashkil etilishi va qoʻshma taʼlim dasturlari kengaytirilishi natijasida yoshlarni oliy taʼlim bilan qamrovi 25 foizga yetkaziladi.

Muhandislik-texnik taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha qabul parametrlari ulushi 28 foizga koʻpaytiriladi;

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchilaridan magistratura mutaxassisliklariga qabul qilingan talabalar ulushi 10 foizga oshiriladi.

Xorijiy tajribalar asosida talabalarda amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida OTMlarda oʻquv jarayoni kredit-modul tizimida tashkil etilib, taʼlim jarayonlarini elektron taʼlim boshqaruv tizimi orqali nazorat qilish joriy etiladi.