Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2020-yil uchun moʻljallangan madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlari roʻyxati eʼlon qilindi
13:51 / 2019-12-29

Taqvimga koʻra 2020-yilning ilk tadbiri “Ichanqalʼa“ davlat muzey qoʻriqxonasida oʻtkaziladigan “Nonvoylar festivali“dir.


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-maydagi 385-sonli qaroriga muvofiq, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2020-yilda madaniy-koʻngilochar va ommaviy sport tadbirlarining yagona taqvimini tuzish boʻyicha qator ishlarni amalga oshirdi.

Yagona taqvimda Oʻzbekiston hududida oʻtkaziladigan 90 ga yaqin mahalliy va xalqaro tadbirlar roʻyxati, ularning turlari, joylashgan joyi, sanasi hamda tashkilotchilari koʻrsatilgan.

Mazkur taqvimni yaratishdan asosiy maqsad xorijiy sayyohlarni yurtimizga jalb qilish va Oʻzbekiston brendini xalqaro turizm bozorida keng targʻib qilishdan iboratdir, deyiladi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi xabarida.

Taqvimdan xalqaro konferensiyalar, seminarlar, xalqaro va milliy koʻrgazma va yarmarkalar, milliy cholgʻu asboblari konsertlari, sport musobaqalari va tadbirlari, milliy hunarmandchilik sohasidagi tadbirlar, teatr va koʻngilochar tomoshalar va milliy oʻyinlar, turistik va madaniy meros obyektlarida oʻtkaziladigan tadbirlar oʻrin olgan

Taqvimga koʻra 2020-yilning ilk tadbiri “Ichanqalʼa“ davlat muzey qoʻriqxonasida oʻtkaziladigan “Nonvoylar festivali“dir.