Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2020 yil 1 iyulidan nizoni mediatsiya orqali hal etgan taraflarga imtiyozlar beriladi
09:12 / 2019-11-12

O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Nizolarni sudgacha hal etishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi joylashtirildi (https://regulation.gov.uz/uz/document/10066).


O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Nizolarni sudgacha hal etishning samarali mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi joylashtirildi (https://regulation.gov.uz/uz/document/10066).


Loyiha bilan ayrim davlat boshqaruvi organlari va viloyatlar hokimliklari huzurida nizolarni sudgacha hal qilish apellyatsiya kengashlarini tashkil etish va uning asosiy vazifalari, O‘zbekiston hakamlik sudyalari palatasini tashkil etish va faoliyat yo‘nalishlari, hakamlik sudlari faoliyati va mediatsiya institutini ommalashtirish nazarda tutilgan.


Xususan, loyihaga ko‘ra 2020 yil 1 iyulidan nizoni mediatsiya orqali hal etish choralarini ko‘rgan taraflarga quyidagi imtiyozlar taqdim etiladi.


Sudlarda ish yuritish jarayonida taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa, to‘langan davlat boji:
birinchi instansiya sudida 100 foiz miqdorda;
apellyatsiya instansiyasi sudida 75 foiz miqdorda;
kassatsiya instansiyasi sudida 50 foiz miqdorda tegishli tarafga qaytariladi.

Shuningdek, loyiha bilan 2020 yil 1 apreldan hakamlik sudi qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi ariza bilan vakolatli sudga murojaat qilinganda belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘lanishi tartibini o‘rnatish taklif qilinmoqda.


Loyihaning qabul qilinishi natijasida davlat organlari tizimida nizolarni sudgacha hal etish mexanizmi joriy etiladi, hakamlik sudlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona tuzilmaning tashkil etilishi mamlakatda ushbu institutlarning ommalashishiga hamda sohada qonuniylik ta’minlashga imkon beradi.


Hakamlik sudlari va mediatorlarning faoliyat ko‘rsatish doirasi hamda vakolatlarining kengaytirilishi jismoniy va yuridik shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda, shuningdek sudlardagi ish hajmini kamaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi