Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2019 yilning eng yaxshi moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov taqdirlandi
12:50 / 2019-10-21

Jamshid Qo‘chqorov “Markaziy va sharqiy Yevropa mintaqasi bo‘yicha (shu jumladan, MDHda) 2019 yilning eng yaxshi moliya vaziri“ deb tantanali tarzda taqdirlandi.


Jamshid Qo‘chqorov “Markaziy va sharqiy Yevropa mintaqasi bo‘yicha (shu jumladan, MDHda) 2019 yilning eng yaxshi moliya vaziri“ deb tantanali tarzda taqdirlandi.

Mamlakatimizning AQShdagi elchixonasi xabariga ko‘ra, joriy yilning 19 oktabr kuni Vashingtondagi Milliy matbuot markazida Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki tomonidan tashkil etilgan yillik anjumanda Jamshid Qo‘chqorov “Markaziy va sharqiy Yevropa mintaqasida 2019 yil moliya vaziri“ deb tantanali tarzda taqdirlandi.

Taqdirlash marosimida 120 ga yaqin xorijiy delegatlar ishtirok etdi. Ushbu mukofot sovrindorlari orasida Turkiya, Ukraina, Indoneziya, Filippin, Braziliya, Meksika, Chili, Misr, Tunis, Keniya kabi davlat vakillari nomlari ham e’lon qilindi.

Ushbu mukofot har yili Jahon banki, Milliy valyuta fondi, Osiyo taraqqiyot banki kabi jahon moliya gigantlari tomonidan tashkil etiladigan yillik anjumanning rasmiy nashrida hisoblangan “Global Markets” da e’lon qilinadi.

“Prezident – islohotchi Shavkat Mirziyoev mamlakat valyuta bozorini liberallashtirish, savdo munosabatlarida cheklovlarni kamaytirish va mamlakatni xalqaro obligatsiya bozoridagi ilk debyutini ta’minlashni munosib ravishda Qo‘chqorovga ishondi. Qo‘chqorov o‘z faoliyatida nafaqat mamlakat iqtisodiy liberallashuvida, balki, jahon iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda“, deyiladi “Global Markets“ nashrida.