2019 yilda Ahmad Yassaviy maqbarasi ziyoratiga keluvchilar 1,5 millionga yetgan
Qozog‘istondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ko‘rish uchun 2019 yilda mamlakatning Turkiston viloyatiga 1 million 500 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Qozog‘istondagi Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasini ko‘rish uchun 2019 yilda mamlakatning Turkiston viloyatiga 1 million 500 ming sayyoh tashrif buyurgan.
Hozirda viloyatda 168 ta mehmonxona, 51 ta kurort va 60 ta dam olish markazlari sayyohlar uchun zamon talabiga mos ravishda xizmat ko‘rsatmoqda, deyiladi “TRT“ telekanali xabarida.
So‘nggi yillarda hukumat tomonidan Turkistondagi mehmonxonalarning xalqaro standartlarga muvofiq qayta tiklash ishlari olib borilgan.
Shuningdek, maqbari atrofida an’anaviy hunarmandchilik markazi binosi, xalqaro aeroport, teatr, Xo‘ja Ahmad Yassaviy muzeyi va boshqa binolar yaqin kelajakda o‘z faoliyatini boshlaydi, deyiladi viloyat hokimiyati bayonotida.
Hukumat rasmiylari qadimiy qadamjoga tashrif buyuruvchilar soni yildan-yilga ortib borayotganini alohida qayd etib, 2025 yilda Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasiga tashrif buyuruvchilar sonini 5 millionga yetkazishni reja qilayotganini ma’lum qilgan.