English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2018 yilda jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakat – Afgʻoniston
14:42 / 2019-01-11

Afgʻonistonda 2018 yilda 120 nafar jurnalistga qarshi zoʻravonlik holatlari kuzatilgan.


Afgʻonistonda 2018 yilda 120 nafar jurnalistga qarshi zoʻravonlik holatlari kuzatilgan. Bu esa mamlakat tarixida Afgʻonistonning ikkinchi bor “Jurnalistlar uchun eng xavfli mamlakat”, deya qayd etilishiga sabab boʻlmoqda, deyiladi Jurnalistlar xavfsizligi boʻyicha qoʻmita (JXQ) maʼlumotida.

Afgʻoniston jurnalistlari jamoatchiligining maʼlumotiga koʻra, xavfsizlikka tahdidlar, maʼlumotlarni olishdagi toʻsiqlar hali hamon davom etmoqda. 
2018 yilda afgʻon jurnalistlariga qarshi 17 marotaba qotillik, shuningdek, shaxsga tahdid, oʻgʻrilash kabi zoʻravonlik holatlari qayd etilgan.

“Afgʻoniston hukumati mansabdor va mutasaddi vakillari tomonidan jurnalistlarga nisbatan zoʻravonlik, tahdid oʻtkazish boʻyicha 44 holat aniqlangan”, deydi JXQ raisi Omid Sharif.

Ushbu mamlakat ichida esa jurnalistlarga nisbatan 42 zoʻravonlik holati kuzatilgan Afgʻoniston poytaxti – Qobul shahri nomi alohida tilga olinadi. 

Qayd etish kerak, mavjud toʻsiqlarga qaramasdan 2018 yilda Afgʻonistonda 57 ta yangi OAV faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 

Maʼlumot oʻrnida, Afgʻoniston 2018 yilda Rossiyaning Jahon matbuot erkinligi indeksida 180 mamlakat orasidan 118-oʻrinda qayd etilgandi.

Zuhra Yarashova