Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2017-yilda Termiz arxeologiya muzeyiga mingga yaqin xorijlik sayyoh tashrif buyurdi
17:58 / 2017-12-21

Termizda “Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i: turizmning bugungi holati va uni rivojlantirishning milliy va xalqaro tajribasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Termizda “Mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog‘i: turizmning bugungi holati va uni rivojlantirishning milliy va xalqaro tajribasi” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Surxondaryoda mavjud tarixiy obidalarni rekonstruksiya qilish, ekoturizmni keng yo‘lga qo‘yish, yo‘l-infratuzilma obyektlari barpo etish, mehmonxona, savdo va boshqa xizmatlar ko‘rsatish darajasini yuksaltirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

– Viloyatga kelayotgan sayyohlarda qadimiy o‘lkaning boy tarixi, osori-atiqalari, madaniyati, hududga xos urf-odat va an’analari, rang-barang arxeologik obidalari katta qiziqish uyg‘otmoqda, – deydi Termiz arxeologiya muzeyi direktori Zebuniso Alimardonova. – Yilning o‘tgan davrida muzeyimizdagi eksponatlar bilan dunyoning turli mintaqalaridan kelgan mingga yaqin sayyoh tanishdi. Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lgan viloyatimizga qiziqish oshib borayotgani yurtimizda xorijlik sayyohlar uchun munosib sharoit yaratishga davlat darajasida e’tibor qaratilayotgani samarasidir.