Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
2017-2022 yillarda Toshkent shahri iqtisodiyotining rivojlanishi qanday kechdi?
18:51 / 2023-06-13

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti bosh ilmiy xodimi Mirhamid To‘rayev ushbu savolga quyidagicha javob berdi.

– Har bir shahar yoki hududning iqtisodiy rivojlanish imkoniyati mavjud, – dedi M. To‘rayev. – Aynan shu imkoniyat iqtisodiyot uchun asosiy bo‘g‘in hisoblanishi mumkin. O‘z navbatida, hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bu jarayonda muhim hisoblanadi.

Ta’kidlash kerakki, mamlakatimizda keng qamrovli islohotlar uchun huquqiy asos bo‘lgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi keyingi 6 yilda hududlarni uzluksiz rivojlantirishning muhim mexanizmi bo‘ldi.

Ushbu davrni mamlakat va uning hududlari taraqqiyotida sifat jihatidan yangi bosqich deyish mumkin. Bunda makroiqtisodiy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiy o‘sishning yuqori sur’ati ta’minlanmoqda. Modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga tarmoqlarning samaradorligi va raqobatbardoshligi oshdi.

O‘tgan olti yilda Toshkent shahrida bu jarayon qanday kechgani haqida to‘xtalib o‘tsak. Avvalo, mazkur strategik hujjatni amalga oshirish doirasida Toshkent shahrida ham ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonida sezilarli ijobiy natijalarga erishildi.

Belgilangan amaliy chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi tufayli 2017-2022 yillarda Toshkent shahrida iqtisodiyotining yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlandi. Jumladan, yalpi hududiy mahsulot 1,7 marotaba oshdi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 1,6 marotaba, chakana savdo 1,65 marotaba, xizmat ko‘rsatish 2,3 marotaba, qurilish ishlari 2,8 marotaba, investitsiyalarni o‘zlashtirish 2,4 marotaba va eksport hajmi 1,8 marotabaga oshganini ta’kidlash joiz.

Toshkent shahri iqtisodiyoti rivojida “drayver” tarmoqlar bo‘lgan sohalar ham tahlil etildi. Unga ko‘ra, oziq-ovqat, elektrotexnika, kimyo, qurilish materiallari, metallurgiya, farmatsevtika, to‘qimachilik sanoat sohalari hamda savdo, moliya, transport, aloqa va axborotlashtirish, turizm, qurilish va ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar yetakchilik qilgan.

Bugungi kunda hududlar, xususan, Toshkent shahri iqtisodiy o‘sishida inson kapitali, ishlab chiqarish tarmoqlari va xizmatlar, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanish hisobiga islohotlar izchilligi va barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash ustuvor vazifalardan.

Aynan bu jarayonda 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan topshiriqlar ijrosi Toshkent shahri iqtisodiyoti ravnaqiga keng yo‘l ochib beradi.

O‘zA muxbiri Nasiba Ziyodullayeva yozib oldi